JCH-2014. Ochilish marosimi bo'lib o'tdi FOTOGALEREYA

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2014, 23:23
Hisob bo'yicha XX mundialning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
San-Paulu shahridagi "Das Dunas" stadionida Jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo'lib bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifa orqali ushbu tadbirning eng asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin.

Tadbir soat 23:15da boshlanishi rejalashtirilgan.



O'yin boshlanishiga 2 soat vaqt qolganida stadion asta sekin to'lmoqda...








23:15. Ochilish marosimi boshlandi. Biroq hozircha stadion to'lmagani diqqatimizni tortdi... Braziliya - Xorvatiya uchrashuvi boshlanishiga qadar stadion to'lishi kutilmoqda. Ko'ramiz.

Marosimning ilk qismi Braziliyaning tabiatiga bag'ishlanadi.






23:31. Muxlis va muxlisalar stadionga yetib kelishmoqda.





23:35. Maydon markazidagi katta to'p ichida Klaudio Leyto chiqib keldi, Jennifer Lopez va Pitbullni kutayapmiz... Ular ham chiqishdi... hammasi joyida. JCH-2014ning rasmiy madhiyasi stadionda yangramoqda. Hamma raqsga tushsin!







23:45. Qisqagina tadbir yakuniga etdi. Navbat futbolga, haqiqiy futbol bizni kutib turibdi. Uxlash tavsiya etilmaydi. Ertaga boshqalar o'yin haqida so'rashsa uyalib qolmang yana...


Narzulla Saydullaev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia