JCH-2014. Kolumbiya muddatidan avval nimchorak finalga chiqdi

Narzulla Saydullayev
20 iyun 2014
“S” guruhining ikkinchi Yaponiya – Gretsiya uchrashuvidan so'ng Kolumbiya terma jamoasi muddatidan avval nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Yaponiya – Gretsiya bahsida hisob ochilmadi.

Guruh bosqichi yakunlanishiga bir tur qolganida Kolumbiya hisobida 6 ochko bor. Kot-d’Ivuarda 3, Yaponiya va Gretsiyada bittadan ochko mavjud. Takidlash joiz, Kolumbiya ilk turda greklardan 3:0 hisobida ustun kelgandi. Kecha esa Kot-d’Ivuarni 2:1 hisobida taslim etdi.

So'nggi 3-turda kolumbiyaliklar Yaponiya bilan, Kot-d’Ivuar esa Gretsiya bilan o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. “S” guruhi g'olibi 1/8 finalda “D” guruhida 2-o'rinni egallagan jamoaga qarshi maydonga tushadi. Bu guruhda Italiya, Urugvay, Kosta-Rika va Angliya terma jamoalari bahs olib borishyapti.

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NO
1Kolumbiya22005 - 146
2Kot-D'Ivuar21013 - 303
3Yaponiya20111 - 2-11
4Gretsiya20110 - 3-31


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com