JCH-2014. Avstraliya terma jamoasining kengaytirilgan ro'yxati ma'lum

Narzulla Saydullayev
14 may 2014, 11:26
Avstraliya terma jamoasining JCH-2014ga borishi mumkin bo'lgan kengaytirilgan ro'yxati ma'lum bo'ldi, deb xabar bermoqda FIFA rasmiy sayti.
Avstraliyaliklar mundialda "B" guruhida Ispaniya, Gollandiya va Chili bilan kurash olib boradi.

Kengaytirilgan ro'yxatdan 30 nafar futbolchi o'rin oldi:

Darvozabonlar: Mettyu Rayan ("Bryugge", Belgiya), Mitchell Langerak ("Borussiya" Dortmund, Germaniya), Evgenn Galekovich ("Adelaida", Avstraliya);

Himoyachilar: Ivan Franjich ("Brisben", Avstraliya), Mettyu Spiranovich ("Vestern Sidney", Avstraliya), Kyortis Gud ("Nyukasl", Angliya), Beyli Rayt ("Preston", Angliya), Jeyson Devidson ("Xerakles", Niderlandy), Lyuk Uilkshir ("Dinamo", Rossiya), Aleks Uilkinson ("Chonbuk", Janubiy Koreya), Rayan Makgovan ("Shandon", Xitoy);

Yarim himoyachilar: Oliver Bozanich ("Lyucern", Shveytsariya), Mile Yedinak ("Kristal Pelas", Angliya), Mark Milligan ("Melburn", Avstraliya), Jeyms Xollend ("Austriya" Vena, Avstriya), Massimo Luongo ("Suindon", Angliya), Adam Sarota ("Utrext", Gollandiya), Mett Makkey ("Brisben", Avstraliya), Mark Breshiano ("Al-G'arafa", Qatar), Joshua Brillant ("Nyukasl", Avstraliya), Tim Kexill ("Nyu-York", AQSH), Tomas Rogich ("Melburn", Avstraliya), Dario Vidosich ("Son", Shveytsariya);

Hujumchilar: Joshua Kennedi ("Nagoya", Yaponiya), Tomas Oar ("Utrext", Gollandiya), Jeyms Troysi ("Melburn", Avstraliya), Ben Xelloran ("Fortuna", Germaniya), Adam Taggart ("Nyukasl", Avstraliya), Mettyu Leki ("Frankfurt", Germaniya).

Yakuniy ro'yxatga 23 nafar futbolchi kiritiladi.


Jahon chempionati yangiliklarini tvittyerda ham kuzatib boring: https://twitter.com/Jch_2014

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: rsport.ru