JCH-2014. Avstraliya Braziliyaga yetib borgan birinchi jamoa

Tolibjon Qosimov
29 may 2014, 14:49
Avstraliya JCH-2014 ishtirokchilari orasida Braziliyaga borgan ilk terma jamoaga aylandi.
Chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 6da "sokkeruzlar" samolyoti Kuritiba aeroportiga qo'ndi, deb xabar bermoqda FIFA rasmiy sayti.

Avstraliya mundialdagi ilk o'yinni 14 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03.00da o'tkazadi. Jamoaning dastlabki raqibi Chili terma jamoasi bo'ladi.

Ushbu guruhdan Gollandiya va Ispaniya terma jamoalari ham o'rin olgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru