Toshkent vaqti bilan soat 21:00da futbolchilarimiz Sharjadagi “Sharja Stedium”da Gondurasga qarshi bahsni boshlashadi.
Kecha Dilshod Nuraliev shogirdlari shahar chetiga yaqinroq maydonda o'yinoldi mashg'ulotni o'tkazishdi. Qariyb 1 soat-u, 20 daqiqa davom etgan mashg'ulot avvalgilari kabi qizg'in kechdi. Futbolchilar dastlab uchtadan bo'lingan holda to'p bilan ishlashdi.
Mashg'ulot ayni qizig'an mahal o'yinchilarimiz maydonning yarmida ikkiga bo'linib futbol o'ynashdi. Mashg'ulot tugash arafasida esa futbolchilar navbatma-navbat penaltilar seriyasini amalga oshirishdi (O'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatining pley-off bahslarida o'yinning asosiy vaqti durang natija bilan yakun topsa, shu zahoti penaltilar seriyasi bo'ladi, yani qo'shimcha bo'limlar o'ynalmaydi). Va nihoyat mashg'ulot oxirida biroz chigalyozdi mashqlarni bajarishdi.