JCH-2013. Qur'a jarayonida O'zbekiston o'smirlari birinchi savatchada bo'lishadi

Narzulla Saydullayev
26 avg 2013, 15:32
Xabaringiz bor, bugun o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati uchun qur'a tashlanadi.
Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadigan marosimda O'zbekiston o'smirlari birinchi savatchadan joy olishadi.

Bu savatchada shuningdek musobaqa mezboni BAA, Osiyo vakillari Eron, Iroq, Yaponiya va Okeaniya chempioni Yangi Zelandiya joy olgan. Yani bu jamoalar O'zbekistonga guruh bosqichida raqiblik qilmaydi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi o'tgan yil Eronda bo'lib o'tgan chempionatda g'olib bo'lishgandi.

Barcha to'rtta savatcha bilan tanishib oling:
1 - BAA, Eron, Iroq, Yaponiya, O'zbekiston, Yangi Zelandiya.
2 - Argentina, Braziliya, Urugvay, Venesuela, Meksika, Panama
3 - Kanada, Gonduras, Kot DIvuar, Marokash, Nigeriya, Tunis.
4 - Avstriya, Xorvatiya, Italiya, Rossiya, Slovakiya, Shvetsiya.

O'zbekistonga guruhda Argentina, Braziliya va Urugvay kabi davlat raqiblik qilish extimoli juda yuqori.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia