Javohir Sidiqov: "Ikkinchi bo'limda maydonga tushishni ustunligi bor"

Tolibjon Qosimov
25 okt 2013, 12:47
Dilshod Nuralievning "kozeri" rolida bu safar Javohir Sidiqov o'ynayapti.

Osiyo chempionatida Akobir To'raevni kashf qilgan murabbiy, musobaqa avvalida o'tkazilgan matbuot anjumanida bu safar ham kashfiyoti bo'lishini aytib o'tgan edi. Aftidan murabbiy Javohir Sidiqovni nazarda tutgan.

"Murabbiyning ishonchi men uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi bo'limda maydonga tushayotganimda jamoadoshlarim ham meni qo'llab-quvvatlayaptilar. Eng muhimi jamoaning g'alabasi, unga 90 daqiqa hissa qo'shasizmi yoki 45 daqiqqa ahamiyati yo'q", - deydi "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi.

- Ikkinchi bo'limda maydonga tushishni ham o'ziga yarasha ustunligi bor. Dastlabki bo'limni sinchikovlik bilan kuzatish imkoni bo'ladi...

- Ha, to'g'ri aytasiz. Buni foydasi katta bo'layapti. Maydonga tushayotganimda kim qayerda, qanday o'ynashini bilib olyapman.

- Ko'rib turibmiz, o'yin chiqsa raqibning kimligi ahamiyat kasb etmaydi...

- Bugungi g'alabadan keyin o'zimizga bo'lgan ishonch yanada ortdi. Endi ortga yo'l yo'q va biz avvalo muxlislarimiz ishonchini oqlashimiz kerak.

Nodirxo'ja Yuldashev


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia