Jasur Hasanov: "Finalda "Bunyodkor"ni mag'lub etmoqchimiz"

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2014
Toshkentning "Lokomotiv" klubi o'z tarixida ilk bor mamlakat kubogi finaliga yo'l oldi.
Jamoa yarim himoyachisi Jasur Hasanov axborot hamkorimiz "Futbol Ekspress" kubok borasida gazetasiga intervyu berdi.

- Finalga teng kuchli jamoalar chiqishli. Kimga omad kulib boqsa, o'sha jamoa g'alaba qozonadi. Hal qiluvchi o'yingacha hali ancha vaqt bor. Shu sababli raqibni o'rganishda davom etamiz. Maqsadimiz kubok sohibi bo'lish va bundan boshqa natija bizni qoniqtirmaydi.

- Hozircha vazifa bajarilmadi. "Lokomotiv" o'z tarixida ilk bor finalga chiqdi. Oldimizda "Bunyodkor"ni mag'lubiyatga uchratish vazifasi turibdi. Shu o'yinda yutganimizdan keyingina vazifa bajarildi deb aytsak bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia