
"Barselona" timsoli bo'lgan himoyachi - Puyol ketma-ket jarohatlardan jabr chekayotganiga qaramay, hali beri faoliyatini tugatish niyati yo'q ekani, aksincha, ispan klubi bilan shartnomasini uzaytirmoqchi ekanini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda FIFA rasmiy sayti.
35 yoshli ispaniyalik futbolchi shu yilning mart oyida o'ng tizzasini operaciya qildirganidan buyon maydonga tusha olgani yo'q.
Buning ustigan may oyida u huddi shu tizzasini yana bir bora operaciya qildirishiga to'g'ri keldi. Bu esa uning faoliyati yakunlanishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarning ko'payishiga sabab bo'ldi.
Biroq Puyolning o'zi bu haqida gapirar ekan: "Hozir buning vaqti emas. Men hali nafaqaga chiqish niyatida emasman. Men qancha jabr chekkan bo'lsam, shunchalik g'alaba zavqi va o'yin ishtiyoqini sog'inganman.
Agar bordiyu kelasi mavsumda men o'zimni sog'lom his qilomasam yoki shunga o'xshash biror ko'ngilsiz hodisa yuz bergudek bo'lsa, bu haqida o'ylab qo'rishim mumkin. Biroq hozir ment shartnomamni uzaytirish haqida bosh qotiryapman", deb aytib o'tdi.