Janluiji Buffon: “Bundanda yuqori darajada o'ynashni istayman”

Tolibjon Qosimov
10 sen 2013, 13:00
“Yuventus” klubi va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon, bundanda yuqoriroq darajada o'ynashga harakat qilishini ta'kidlab o'tdi.
35-yoshli darvozabonning so'zlariga ko'ra, mashg'ulotlar unga yoqmayotganini sezgan paytdagi o'z faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytgan.


- Men imkonim boricha yanada yuqori cho'qqiga qiqishga harakat qilaman. Qachonki mashg'ulotlar menga yoqmay qolganini sezsam, o'shanda faoliyatimni yakunlayman. Chunki bunday holatda qilayotgan ishingda hech qanday mantiq qolmadi, - Buffonning so'zlarini keltiradi Rai Sport.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru