Janluidji Buffon: "Yuventus" yaxshiroq o'ynashi shart"

Tolibjon Qosimov
27 sen 2013
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon o'z jamoasining namoyish etayotgan o'yinlarini tanqid qildi.
"O'yinning boshidanoq ustunlikni qo'lga olib, hisobda oldinga chiqib olishni boshlasak yomon bo'lmasdi. Uch yoki to'rtta o'yinda biz birinchi bo'lib to'p o'tkazib yuboryapmiz. Bu esa sezilarli darajada ishimizni qiyinlashtiryapti. Kutilmagan vaziyatlar ham ko'p bo'ldi, barcha futbolchilar xatolarga yo'l qo'yyapti. Biz yaxshiroq o'ynashimiz shart, "Yuventus" ishonliroq o'yinlar namoyish etishga majbur. Mavsum endi boshlandi, lekin biz bu yil ham ushbu yo'lni o'tgan mavsumdagidek ishonchli tarzda bosib o'tishimiz lozim", dedi Buffon.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net