Jahonning amaldagi chempionlari mundialni erta tark etishdi

19 iyun 2014, 01:55
Ispaniya terma jamoasi "A" guruhining 2-turida Chili bilan bahs olib bordi.

Jahonning amaldagi chempioni Ispaniya terma jamoasi Braziliyada o'tayotgan chempionatda ketma-ket ikki o'yinda mag'lub bo'lishdi va mundialni rasman tark etishdi.

Uchinchi turda Avstraliyaga qarshi o'yin esa shunchaki rasmiyatchilik uchun o'tkaziladi.

Keyingi bosqich yo'llanmasini  Gollandiya va Chili terma jamoalari muddatidan oldin hal etishdi va bu jamoalar uchinchi turda guruh g'olibi nomini aniqlab berishadi.


Manba: championat.asia