Jahon chempionatida eng ko'p o'yinni boshqargan Ravshan Ermatov haqida

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2014, 15:28
Moskovskiy komsomolec nashrining oxirgi sonlaridan birida Braziliyadagi mundialda qoyilmaqom ishlagan - Ravshan Ermatov haqida maqola taqdim etildi.
Ushbu referi 36 yoshida jahon chempionatlarida 9ta o'yin o'tkazib rekord qayd etdi (JCH-2010da beshta, Braziliyada to'rtta).

Ermatov ko'plab futbol ichidagi odamlar uchun JARdagi mundialning ochilish o'yiniga qadar notanish odam edi. 32 yoshli hakam Jahon chempionati ochilish o'yinini ajoyib boshqardi, - deb yozadi maqola muallifi.

Ravshaning otasi – O'zbekistonda mashhur hakam Sayfiddin Ermatov. U nafaqat hakam, balki ajoyib murabbiy ham: masalan, aynan katta Ermatov Osiyoda eng yaxshi deb topilgan Server Jeparovni tarbiyalagan, -  Alisher Nikimbaevning so'zlaridan iqtibos keltiradi gazeta.

Ermatov kutilmaganda hakamlik sohasiga kirib keldi: futbolchilik faoliyati u qadar o'xshamadi. Qaysidir o'yinga hakam kech qoldi, shunda Ravshanda o'zini ko'rsatish imkoni paydo bo'ldi.

Ermatov adashmasam 23 yoshida O'zbekiston oliy ligasida ishlay boshlagan. O'sha paytdayoq uzoqqa borishi ko'rinib turardi! - deb eslaydi Nikimbaev.

O'zbekiston futbol Federatsiyasi Ermatovni FIFA hakami bo'lish uchun tavsiya qilib katta tavakaal qilgandi.

Shundan so'ng Ermatovning xalqaro faoliyati raketa tezligida boshlanib ketdi. U FIFA hakami sifatidagi dastlabki yildayoq Finlyandiyadagi o'smirlar o'rtasidagi mundialda ishladi. So'ngra turli yoshdagi futbolchilar o'rtasidagi mundiallarda, klublar o'rtasidagi Jahon chempionati va Londondagi Olimpiada o'yinlarida faoliyat olib bordi. Osiyo qitasida ketma-ket to'rt marta eng yaxshi hakami bo'lish Ravshandan boshqasiga nasib etmagan… - deb yozadi jurnalist.


Narzulla Saydullaev tarjimasi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com