"Zenit" sobiq futbolchisi "Bunyodkor"ga o'tyapti

Sherzod Nurmatov
28 iyul 2022, 20:07
Rossiyalik yarim himoyachi Pavel Mogivelec faoliyatini Toshkent klubida davom ettiradi.

29 yoshli hujumchi "qaldirg'ochlar"ning Minskdagi yig'inida ko'rikdan o'tgan edi. Viktor Karpenko unga ishonch bildirishga qaror qilgan.

Ma'lumot uchun, Mogivelec – "Zenit" tarbiyalanuvchisi. U faoliyati davomida Sankt-Peterburg klubidan tashqari, "Rubin", "Rostov" va "Ximki" klublari sharafini himoya qilgan.

Pavelning so'nggi klubi "Nijniy Novgorod" bo'lgan. Xavbek o'tgan yilning dekabr oyidan beri erkin agent bo'lib turgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia