“Zenit” Risharlisonni 40 mln evroga sotib olmoqchimi? Futbolchining agenti javob berdi

Eldor Akmurzayev
27 dek 2020, 20:05
Avvalroq, “Zenit” Risharlison borasida “Everton” bilan muzokara o'tkazmoqchiligi va uni 40 mln evroga sotib olmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Braziliyalik forvardning agenti Renato Velasko mazkur mish-mishlarga javob berdi.

“Zenit”dan hech kim biz bilan aloqaga chiqmadi. Risharlisonning “Everton” bilan 4 yillik shartnomasi bor va klub uni 100 mln funtdan kamiga sotmaydi”, deydi agent.

23 yoshli futbolchi joriy mavsum mersisaydliklar libosida 14 o'yinda maydonga tushib, 5+3 natija ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru