"Zenit" Pepe uchun 20 million evro to'lashga tayyor
Aslanov Jasurbek
8 yanv 2021, 17:25
"Zenit" "Gremio" hujumchisi Pepe uchun 20 million evro to'lashga tayyor, deb xabar bermoqda Todofichajes.
23 yoshlik hujumchining o'zi "Portu"ga o'tishni istamoqda. Lekin, portugaliya klubi futbolchi uchun 17 million evro taklif qilmoqda. Agarda "Gremio" peterburgliklar taklif qilayotgan narxga rozi bo'lsa Pepe faoliyatini "Zenit"da davom ettiradi.