"Zenit" Kokorinni ijaraga berib yubordi

Alisher
21 yanv 2020
"Zenit" forvardi Aleksandr Kokorin faoliyatini ijara asosida "Sochi"da davom ettiradi.

O'yinchi o'tgan yilning sentyabr oyida koloniyadan chiqqan edi.

"Ijara mavsum so'nggiga qadar amal qiladi. Klublar barchasi bo'yicha kelishib olishdi. Kokorin tez orada jamoaga qo'shiladi", - deydi Sochi bosh direktori Dmitriy Rubashko.

Kokorin "Zenit"ga 2016 yilda Moskvaning "Dinamo" klubidan o'tgan edi.

Eslatib o'tamiz, 28 yoshli hujumchi 2011-2017 yillar davomida Rossiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: sport24.ru