"Zenit" Azmun "Bayer"ga yo'l olganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
30 yanv 2022, 19:46
Sankt-Peterburg klubi hujumchi qishki transfer oynasidayoq "Bayer" safiga borib qo'shilishi bo'yicha kelishuvga erishdi.

Germaniya jamoasi Syerdar Azmun uchun qariyb 5 mln evro to'lab, yozni kutmaydi va uni hozirning o'zida qo'lga kiritadi.

27 yoshli forvard "Zenit"ga 2019 yilning fevralida kelib qo'shilgan bo'lib, klub tarixidagi eng sermahsul hujumchilaridan biriga aylangan. Uning hisobida 62 ta gol va 17 ta golli uzatma mavjud.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fc-zenit.ru