Zeedorf "Inter"ni boshqarishga rozi bo'lgan bo'lardi

Aziz Tukhtamuradov
25 iyun 2014, 15:36
"Milan" bosh murabbiyi Klarens Zeedorf "Inter"da ishlashga rozi bo'lgan bo'lardi, deya xabar qilmoqda Corriere dello Sport.
"Neradzurrilar"ning sobiq futbolchisi bu borada yaqin do'sti Xaver Zanetti bilan suhbatlashishga ham ulgurdi.

Eslatib o'tamiz, gollandiyalik mutaxassis 2000-2002 yillar davomida "Inter" safida to'p surgan.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.ru