Zanolo: "Bolalikdagi orzum ro'yobga chiqdi"

Sherzod Nurmatov
26 may 2022
"Roma"ning italiyalik yarim himoyachisi Nikolo Zanolo Konferenciya Ligasi final uchrashuvida "Feyenoord" ustidan qozonilgan g'alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.

"Bu ajoyib, bolalikdagi orzum ro'yobga chiqdi. Muxlislar fantastik tarzda qo'llab-quvvatlashdi. Kuchli jamoamiz. Balki biz qanchalik kuchli ekanligimizni sezmayotgandirmiz.

Men g'alabani og'ir damlarda yonimda bo'lgan onam, bobom, otam va singlimga bag'ishlayman", – dedi italiyalik futbolchi.

Ushbu kubok Rim klubi tarixidagi ilk evrokubok bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC