"Zaif va achinarli himoya" - Karrager "Arsenal" himoyachilari haqida

Sherzod Nurmatov
14 avg 2021, 19:19
"Liverpul" sobiq sardori, hozirda teleekspert Jeymi Karrager "Arsenal" himoyasi haqida keskin fikrlarni bildirdi.

"Zaif va achinarli himoya. Erkaklar yosh bolalarga qarshi o'ynagandek tuyuldi", – dedi Karrager Sky Sports efirida.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" APL 1-turida yuqori divizion debyutanti "Brentford"ga 0:2 hisobida yutqazdi.

"Kanonirlar" 2-turda "Chelsi"ga qarshi derbida qatnashadi. O'yin 22 avgust kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports