Zafar Xolmurodovni tabriklaymiz

Narzulla Saydullayev
15 okt 2014
Bugun Nasaf yoshlariga ustozlik qilayotgan va o'tmishda o'z o'yinlari va chiroyli gollari bilan dong taratgan o'zbek futbolining afsonasiga aylangan - Zafar Xolmurodov 38 yoshga to'ldi!
Zafar Xolmurodovning Nasaf safida urgan gollari bo'yicha rekordini hanuzgacha hech bir futbolchi takrorlay olgani yo'q. endilikda u o'zining bilim va mahoratini yosh ajdarlarga o'rgatib kelmoqda.

Fursatdan foydalanib, saytimiz nomidan va barcha vohalik futbol ishqibozlari nomidan Zafar Xolmurodovni bugungi tug'ilgan ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz! U kishiga avvalo mustahkam sog'lik, uzoq umr va baxt saodat tilaymiz. Barcha orzu-istaklari amalga oshsin deymiz. Qashqadaryo futbolini qolaversa o'zbek futbolini rivojlantirishda tolmasdan mehnat qilaversin deymiz.

Kelgusida voyaga etkazayotgan farzandlarini hamda yosh futbolchi shogirdlarini yutug'i-yu kamolini ko'rib yurish nasib etsin deb qolamiz.

Qashqadaryolik futbol ishqibozlari nomidan voha.uz sayti

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz