"Olmaliq" safida porlab chiqqan To'raev ko'pincha o'zining tezkor harakatlari evaziga muxlislarni e'tiborini tortadi. Shu bois Zafarni bu yil o'z tarkibida ko'rishni istagan jamoalar ko'pchilikni tashkil etdi. Huquqiy jihatdan "Olmaliq"qa tegishli bo'lgan futbolchi Igor Shkvirin jamoasida shug'ullanib kelayotgandi lekin u yaqinda bu jamoaning Turkiyaga yo'l olgan tarkibidan joy olmadi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida To'raevning o'zi bilan bog'landik.
- Bu yil "Olmaliq"da o'ynamasligim haqiqatga yaqinroq desam ham bo'laveradi. Shu bois ayni damda "Mashal" o'quv yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etyapman. Bu jamoa menga yoqdi va asosiy e'tiborimni gazchilar safida qolishga qaratganman. Hozircha qayerda o'ynashim rasman aniq bo'lgani yo'q. Agarda muborakliklar bilan kelisha olsak, albatta jon deb qolgan bo'lardim. Chunki "Mashal" menga yoqdi. Shu bois bu jamoada o'ynash ishtiyoqim kuchli. Qolganini vaqt ko'rsatadi", - deydi Zafar To'raev "SA"ga bergan intervyusida.