Zabihillo O'rinboev "Olmaliq"qa o'tdimi?

Narzulla Saydullayev
21 dek 2016, 15:31
“Bunyodkor” futbolchisi Zabihillo O'rinboev faoliyatini "Olmaliq"da davom ettirishga yaqin.

"Ochig'ini aytsam, ayni paytda "Olmaliq" mashg'ulotlarida qatnashayapman xolos. Bu esa jamoa a'zosiga aylandim degani emas. Hozircha ko'rikdan o'tyapman va harakatlarim murabbiylarga maqul kelsa yangi mavsumni "Olmaliq"da boshlashim mumkin", - deydi futbolchi "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida.

Ta'kidlab o'tish lozimki, toshkentlik futbolchi bugun bo'lib o'tgan "Bunyodkor" - "Olmaliq" bahsida mehmonlar safida maydonga tushdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia