"Yuventus"ning yozdagi ikki muhim transfer maqsadi ma'lum

Alisher
21 fev 2022, 13:01
"Yuventus" klubi yozgi transfer oynasidagi rejalari haqida o'ylamoqda.

Italiya grandining ilk maqsadi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbadir. Ikkinchi mo'ljal esa "Roma" vingeri Nikolo Zanolo.

Pogba "keksa sinora"ga tekinga tushishi mumkin, sababi uning shartnomasi yozda yakuniga etadi, Zanolo uchun esa 30 mln evro miqdorida to'lash kerak.

"Yuve" joriy mavsum A Seriyada YCHL hududi uchun kurashmoqda. Jamoa 26 turdan so'ng to'rtinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato