"Yuventus"ning yangi murabbiyi qachon tanishtirilishi ma'lum

21 may 2019, 21:40
"Yuventus" rahbariyati ayni vaqtda munosib nomzodlarni ko'rib chiqmoqda.

Turin klubi sport direktori Fabio Paratichi "keksa senora"ga iyun oyidan avval bosh murabbiyni tanishtirmasligini aytib o'tdi. 

"O'ylash uchun bizga vaqt kerak. Sabrli bo'lishimiz darkor. Hozir turli xil uslubga ega nomzod mutaxassislarni o'rganib chiqmoqdamiz. Lekin, klubda qanday tipdagi murabbiy ishlashi haqida to'liq tasavvurga egamiz", - deya Paratichining so'zlarini keltirdi Football Italia nashri.

Avvalroq, "Yuventus" klubi uchun Mauricio Sarri va Simone Indzagi asosiy nomzod ekanligi haqida ma'lumot berilgandi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: football-italia.net