"Yuventus"ning ikki forvardi jamoani tark etishga yaqin

Eldor Akmurzayev
6 iyul 2019, 01:05
Mario Manjukich ushbu yozda Yuventusnit ark etadi, deya xabar qiladi Calciomercato.

Manbaga ko'ra, turinliklarning yangi ustozi Maurisio Sarri xorvatiyalik futbolchini o'z rejalariga kiritmagan. Avvalroq, Manjukichga Borussiya D qiziqayotgani haqida xabar bergandik. Shuningdek, futbolchiga Xitoy Superligasi klublaridan ham takliflar bor.

Chelsidagi ijara shartnomasi yakunlangan keksa senioraning yana bir hujumchisi Gonsalo Iguain ham klubda uzoq qolmasligi kutilmoqda. Qayd etilishicha, u Inter a'zosi Mauro Ikardining transfer qilinishi uchun xizmat qilishi mumkin. Yani, jamoalar o'zaro futbolchi almashinuvini amalga oshiradi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Calciomercato