"Yuventus"ni yana bir yetakchi himoyachisi tark etish arafasida

28 iyul 2017, 07:46
Turinning "Yuventus" jamoasida ketma-ket olti bor chempionlikni nishonlagan shveytsariyalik o'ng qanot himoyachi Shtefan Lixtshtayner faoliyatini Fransiyada davom ettirmoqchi.


Shtefan Lixtshtaynerning xizmatlariga Fransiyaning "Nicca" klubi qiziqish bildirmoqda.

Futbolchi va klub o'zaro og'zagi kelishuvga ham erishishga muvaffaq bo'lgan.

Unga ko'ra, Lixtshtayner "Nicca" bilan 2+1 ko'rinishidagi shartnoma borasida kelishgan.

"Yuventus" esa Lixtshtaynerga o'rinbosar topib, uni qo'lga kiritganidan so'ng Lixtshtaynerni qo'yib yubormoqchi.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar "Yuventus"ni boshqa bir o'ng qanot himoyachi Dani Alvesh tark etgandi.

"Yuventus" esa uning o'rniga "Milan"dan Italiya terma jamoasi a'zosi De Shiloni sotib olgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: corriere dello sport