"Yuventus"ga "Milan" futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
19 mar 2020, 20:27
Yozgi transferlar oynasi vaqtida "Yuventus" himoyachisi Aleks Sandro o'z klubini almashtiradi.

Shu boisdan "keksa sinora" rahbariyati uning o'rniga nomzod qidirishni boshlab yuborgan. Ayni damda chap qanot himoyachi uchun "Milan"dan Teo Ernandes olib kelinishi kutilmoqda.

"Yuventus" 22 yoshli francuz uchun 45 mln evrodan voz kechishga tayyor turibdi. Teoning xizmatlariga APLning bir necha klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Teo o'tgan yozda "Milan"ga "Real"dan 20 mln evro evaziga ko'chib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal