"Yuventus"dagilar Vlaxovich hamda Pogbaning kelajagiga oydinlik kiritdi

Mirjalol Normatov
18 iyul 2023, 20:51
"Yuventus" sport direktori Kristian Juntoli futbolchilar Dushan Vlaxovich hamda Pol Pogbaning klubdagi kelajagi haqida gapirdi.

"Vlaxovich? Oldin ham aytganimdek, "Yuventus" uni juda qattiq qadrlaydi va faqatgina katta takliflar bo'lsagina o'ylab ko'radi. 

Pogba esa og'ir mavsumdan keyin jamoaga qaytadi. Unda xohish va istak juda yuqori. Uni kelasi mavsum uchun rejalarimizga kiritganmiz", - dedi Juntoli.

Ayni damda Vlaxovichga PSJ tomonidan qiziqishlar bo'lsa, Pogbaga Saudiya Arabistonidan chaqiruvlar bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport