"Yuventus"da rejalar o'zgardi va Pogba transferidan voz kechildi

Mirjalol Normatov
6 avg 2020, 22:34
"Yuventus" Pol Pogbani "Manchester Yunayted"dan qaytarib olmaslikni qaror qildi.

"Tuttomercatoweb" xabariga ko'ra, turinliklar yangi mavsum arafasida Zinedin Zidanni jamoa boshqaruviga olib kelmoqchi bo'lgan. Shundan keyin Pogba nishonga qo'yilishi kutilgandi. Biroq fransiyalik mutaxassis "Real"da qolishni maqul ko'rdi va shu sababli turinliklar rejalarni o'zgartirdi.

O'z navbatida Pogba ham yaqin vaqtlar ichida klub bilan shartnomasini uzaytirishi va 5 yil davomida Manchestyerda qolishi deyarli aniq bo'lib ulgurgan.

Oldinroq "Yuve" YCHLni yutmasa Mauricio Sarri ishdan ketishi mumkinligi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttomercatoweb