"Yuventus" yulduz hujumchisi uchun bor-yo'g'i 20 mln so'ramoqda

Sherzod Nurmatov
30 iyun 2025, 19:21
"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich allaqachon narsalarini yig'ishtirib bo'lgan va takliflarni kutmoqda.

Tomonlar hamkorlikni davom ettirish niyatida emas – xaridor topishgina qoladi. Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, "byankoneri" rahbariyati serbiyalik uchun 20 mln evro so'rayapti. Futbolchi Turkiya va Saudiya Arabistoni klublariga o'tish imkoniyatini rad etdi. Asosiy muammo Vlaxovichning maoshi: hozirda forvard yiliga 12 mln evro maosh oladi, uning talablarini bajarishga tayyor bo'lganlar ko'p emas. Aftidan, vaziyat avgust oxirigacha oydinlashmaydi – xuddi o'tgan yili Federiko Keza bilan bo'lgani kabi.

Eslatib o'tamiz, 25 yoshli futbolchining "Yuventus" bilan amaldagi kelishuvi 1 yildan keyin tugaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira