"Yuventus" yozda kimni bosh murabbiy etib tayinlamoqchi ekanligi ma'lum

Khoja
14 may 2025, 09:45
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte "Yuventus" klubining asosiy nishoniga aylandi.

Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "zebralar" amaldagi ustozi Igor Tudor bilan kelishuvni uzaytirmadi va yozda xorvatiyalik mutaxassis bilan xayrlashadi.

Avvalroq OAV Kontening o'zi neapolliklarning transfer siyosatidan noroziligi va ayni damda A seriya chempionligini qo'lga kiritishga yaqin turgan klubni tark etishga tayyorligi haqida xabar bergan edi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com