"Yuventus" yilni 254 mln evro zarar bilan yakunladi

Sherzod Nurmatov
24 sen 2022
Turin klubi 30 iyunda tugagan moliyaviy yilni rekord darajadagi 254 mln evro (246 mln dollar) zarar bilan tugatdi.

Italiya klubi o'tgan yili so'nggi 10 yil ichida ilk bor sovrinsiz qoldi. Klub daromadi pasayib, xarajatlari ko'paydi.

Moliyaviy vaziyat so'nggi paytlarda Yevropaning bir qator top-klublari tomonidan jiddiy qiziqish bildirilayotgan jamoa a'zolari Dushan Vlaxovich, Manuel Lokatelli va Federiko Kezani saqlab qolish uchun kurashishiga to'g'ri kelishidan qo'rqadi.

Juma kuni kechasi berilgan bayonotga asosan klub 2022/23 yilni ham zarar bilan yakunlaydi. Klub COVID-19 pandemiyasining salbiy ta’sirini his qilishda davom etadi. 

"Yuventus" ketma-ket 5 yil yillik hisobotdagi yo'qotish haqida xabar bermoqda. Bu safar 2020/21 yilgidan 44,4 mln evro ko'proq zarar qo'rildi.

Moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Italiyaning eng muvaffaqiyatli jamoasi yangi mavsum startini kutilganidek amalga oshira olmadi va hozirda "Yuve" A seriya turnir jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN