“Yuventus” yarim himoyachisi uchun mavsum yakunlandi

Eldor Akmurzayev
7 mar 2022, 08:55
Turinliklar a'zosi Ueston Makkenni 2021/22 yilgi mavsumda boshqa maydonga tusholmaydi.

23 yoshli amerikalik Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida o'tgan “Vilyarreal”ga qarshi (1:1) o'yinda chap oyog'ining 2-3-barmoq suyaklarini sindirib olgan. “Yuventus” ustozi Massimiliano Allegri xavbek uchun mavsum yakunlanganini aytib o'tdi.

Makkeni joriy mavsum “Yuve” safida 28 o'yinda qatnashib, 4 ta gol urdi. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi esa 2025 yil yozigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru