"Yuventus" yarim himoyachisi APL klubiga o'tishi mumkin

Alisher
19 dek 2021, 10:16
"Lids" "Yuventus" yarim himoyachisi Ueston Makkenniga qiziqmoqda.

Angliya klubi 23 yoshli amerikalik futbolchi uchun 20 million funt taklif qilishga tayyor, shu bilan birga futbolchining o'zi hozirgi jamoasida qolishni va asosiy tarkib uchun kurashishni xohlaydi.

Makkenni 2021/22 yilgi mavsum "Yuventus" tarkibida 17ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

Transfermarkt o'yinchini 22,5 million funga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun