"Yuventus" yanvarda Vlaxovichni xarid qilishga tayyor

Alisher
11 dek 2021, 12:51
Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati "Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlaxovichning transferi borasida muzokaralarni rivojlantirmoqchi.

"Keksa sinora" bitimni yanvardagi transfer oynasida amalga oshirmoqchi. Ehtimoliy transfer narxi 65-75 mln evroga baholanmoqda.

Dushanning xizmatlariga Tumanli Albiondan ham qiziqish mavjud. Serbga Manchester top-klublari shartnoma taklif qilishga tayyor.

Forvard joriy mavsum A Seriya doirasida 13ta gol urishga erishdi.




O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes