"Yuventus" Xollandni kuzatmoqda

Mirjalol Normatov
15 mar 2020
"Yuventus" hali ham hujumchi Erling Xollandni kuzatishda davom etmoqda.

"Bild" xabariga ko'ra, futbolchining shartnomasida tovon puli 75 mln evro qilib ko'rsatilgan. Qayd etilishicha, ko'plab klublar forvardning transferiga qiziqishgan. Ularning orasida "Yuventus" birinchi o'rinda ketmoqda.

Turin klubi Mino Rayola blian yaxshi munosabatda bo'lgani uchun Xollandning transferida foydalanishi mumkin. Eslatib o'tamiz, 19 yoshli norvegiyalik futbolchi qishki transferlar oynasi vaqtida "Red Bull"dan Dortmundning "Borussiya"siga o'tgandi.

Ushbu mavsumda u Bundesligada 8 o'yinda 9 gol va 2 assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild