"Yuventus" "Man Siti"ning asosiy yulduzlaridan birini jamoaga qo'shib olishni xohlamoqda

Khoja
21 mar 2026, 10:33
"Yuventus" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silvaga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi La Gazzetta dello Sport.

Yozda portugaliyalik futbolchi erkin agentga aylanishi mumkin va turinliklar unga 3 yillik shartnoma taklif qilib, mavsumiga taxminan 7 million evro maosh berishni rejalashtirmoqda.  

Silva hozircha kelajagini aniq qilmagan. 31 yoshli futbolchi karerasining so'nggi bosqichida yangi muhit va yangi chaqiriq izlamoqda.  U barcha takliflarni o'rganib chiqmoqchi - unga "Barselona", "Benfika", "Galatasaray", arab ligalari klublari va MLS jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. Barcha klublarga u aprel oyi oxirigacha qaror qabul qilmasligini aytgan.  

Joriy mavsumda Bernardu barcha turnirlarda 41 o'yin o'tkazib, 3 gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport