"Yuventus" xavbeki APLga yo'l olishi mumkin

Alisher Ostonov
22 iyun 2025, 17:28
Braziliyalik yarim himoyachi Duglas Luis yaqinlashib kelayotgan transferlar oynasida "Yuventus"ni tark etishi mumkin.

Futbolchining xizmatlariga Angliyaning "Lids" klubi qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Jamoa keyingi mavsumni APLda o'tkazadi. Luis avval ham Angliyaning elita divizionida o'ynagan. U "Manchester Siti" va "Aston Villa" sharafini himoya qilgan.

2024 yilning yozida Duglas Luis Angliyadan Italiyaga yo'l oldi. OAV ma'lumotiga ko'ra, "Yuventus" futbolchi uchun 50 mln evro to'lagan.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: tuttosport.com