“Yuventus” va PSJ yozda Serxio Ramosni tekinga qo'lga kiritmoqchi

Aslanov Jasurbek
13 okt 2020, 18:00
Real Madrid sardori Serxio Ramos faoliyatini “Yuventus” yoki PSJda davom ettirishi mumkin.

Football Italia nashrining ma'lum qilishicha, Italiya va Fransiya klublari Ramos bilan bo'layotgan voqealarni sinchikovlik bilan kuzatmoqda va yozda u bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko'radi. Ramos madridliklar safida yiliga 12 million evro oladi va uning shartnomasi yozda yakunlanadi. Biroq Ramos kamaytirilgan oylikka ham Madridda qolishga tayyor ekanligini ma'lum qilgandi. 

U Qirollik klubi safida 2005 yildan beri harakat qilib keladi va Madridlik bilan 22 ta sovrin yutishga erishgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia