“Yuventus” va “Lacio” rahbarlari yig'ilish paytida tortishib qolishdi

Eldor Akmurzayev
25 mar 2020
A Seriya joriy mavsumini yangilash bo'yicha o'tkazilgan yig'ilishda “Yuventus” rahbari Andrea Anelli hamda “Lacio” prezidenti Klaudio Lotito o'rtasida munozara yuzaga keldi.

Italiya chempionati bahslari koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtatilgan edi. Lotito esa mavsumni hali ham yakunlash mumkin deb hisoblamoqda.

“Ma'lumotlarni ko'rdingizmi? Virus chekinmoqda! Buni futbol klublaridagi shifokorlardan emas, balki bevosita ushbu virusni o'rganayotgan mutaxassislar bilan muloqatda bo'lganim uchun bilaman”, dedi Lotito.

Anelli esa unga javob tariqasida: “Albatta. Siz endi tajribali virusologga aylandingiz”, deya aytgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia