“Yuventus” va “Inter” Kurzava transferidan voz kechdi

11 may 2020, 09:27
Buning sababi ham ma'lum.

PSJning yozda erkin agentga aylanadigan himoyachisi Leyvin Kurzava hamon o'ziga yangi jamoa izlamoqda. Ma'lum bo'lishicha, Kurzava yangi jamoasida yiliga 6 mln evro ishlab topish niyatida. Futbolchining ushbu niyatidan xabardor bo'lgan “Yuventus” va “Inter” esa uni o'z safiga qo'shib olish fikridan qaytgan. Leyvinning xizmatlariga ayni damda “Manchester Yunayted”, “Arsenal” va “Nyukasl”dan qiziqish borligi aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia