"Yuventus" va "Bavariya" sobiq himoyachisi "Marsel" sport direktori bo'ldi

Sherzod Nurmatov
21 noya 2023, 11:32
Mehdi Benatiya shu hafta rasman o'z lavozimiga kirishadi.

Germaniyaning "Bavariya" va Italiyaning "Yuventus" klubi sobiq markaziy himoyachisi Mehdi Benatiya Fransiyaning "Marsel" klubi sport direktoriga aylandi, deya xabar bermoqda Fabricio Romano.

36 yoshli marokashlik va francuz klubi o'rtasidagi muzokaralar bir necha hafta davom etdi. Benatiya bu hafta, barcha rasmiyatchiliklar hal bo'lgach, rasman o'zining yangi lavozimida ishga kirishadi.

Eslatib o'tamiz, "Marsel" Mehdi Benatiya tarbiya topgan klub hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano