"Yuventus" Ronalduni xarid qilishdan oldin boshqa transferni amalga oshirmoqchi edi

Aslanov Jasurbek
3 sen 2018, 12:18
"Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich yozda "Yuventus"ga o'tishi mumkin edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, avvalgi mavsum yakunlanganidan so'ng byankonerilar serbiyalik futbolchi borasida "burgutlar" bilan muzokara o'tkazishadi va 80 mln evrolik transferni kelishib olishadi. Keyinroq "Lacio" Milinkovich-Savichni sotishdan bosh tortishdi, chunki ular "Yuventus" kattaroq mablag' taklif etishiga umid qilishdi. Biroq Turin klubi muzokaralarni yakunladi va keyinroq "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduni 112 mln evroga sotib oldi.

Milinkovich-Savich ayni damda "Lacio" bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato.com