"Yuventus" Ronalduni PSJ forvardiga almashishi mumkin

Alisher
4 iyun 2021
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Parij klubi "keksa sinora" bilan forvardlar almashinuvini tahlil qilishga tayyor. Italiya grandiga argentinalik Mauro Ikardi yo'l olishi mumkin.

Ronalduning turinliklar bilan tuzgan shartnomasi yana bir mavsumga amal qiladi. Klub maoshlar miqdorini kamaytirish uchun o'yinchini qo'yib yuborishi mumkin.

36 yoshli futbolchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 29ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Tuttojuve