"Yuventus" Remzini "Reynjers"ga ijaraga beradi

Оқил Абдубарноев
31 yanv 2022
"Yuventus" yarim himoyachisi Aaron Remzi Shotlandiya chempionatiga yo'l oladi.

Jurnalist Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, uelslik futbolchi "Reynjers"da ijara asosida o'ynaydi.

Shartnoma futbolchini keyinchalik sotib olish imkoniyatini o'z ichiga oladi. Tomonlar bitimning yakuniy tafsilotlarini kelishib olishadi.

Remzi turinliklar safida joriy mavsum A Seriyada atigi uchta o'yinda maydonga tushgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano