

"Yuventus" klubi Jordi Albaga qiziqmoqda. Diario Sport nashrining xabar berishicha, "Yuventus" "Barselona"ga futbolchi borasida taklif jo'natishga ham ulgurdi. Bu kelishuv qishda amalga oshishi mumkin.
Katta ehtimol bilan, gap ijara haqida ketmoqda. Manbaning xabar berishicha, "Yuve" Albaning maoshini o'z bo'yniga olishga tayyor.
"Barselona" esa Alba bilan xayrlashishga tayyor. Bu transfer yoki ijara ko'rinishida bo'ladimi unchalik ham muhim emas.



