Yuventus Pogbaning maoshini uch baravar oshirmoqchi

Narzulla Saydullayev
1 may 2014, 19:57
Bugun Yuventus klubi rahbariyati yarim himoyachi Pol Pogbaning agenti Mino Rayola bilan muzokara o'tkazadi.
Tomonlar francuzning maoshi borasida muzokara o'tkazishadi. Oldinroq, Pogba JCHdan so'ng Yuventus bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekani haqida xabar chiqqandi.

Pogbaning amaldagi shartnomasi 2017 yil tugaydi, hozir u yiliga 1,5 million evro maosh olmoqda. Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko'ra, Yuventus Pogbaning maoshini uch baravar oshirib 4,5 million evroga etkazmoqchi.

Eslatib o'tamiz, 21 yoshli francuzga Real va PSJ klublaridan qiziqish bor.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru