

Turinning "Yuventus" klubi fransiyalik futbolchining xaridiga jiddiy qiziqmoqda. "Keksa sinora" Pogbani o'z safiga qo'shib olishga yana bir urinib ko'radi.
Oldinroq esa "Manchester Yunayted" 27 yoshli futbolchining klubdan ketishi borasidagi har qanday urinishni rad etishi aytilgan edi.
Fransiya terma jamoasi o'yinchisi joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushdi.



